TIQXMMI yangiliklari

img
02.03.2024

Olam go'zalligi ayolda mujassam

O'lkamizga uzoq cho'zilgan qish faslidan so'ng barchamiz hamisha sog'inib orziqib kutgan Bahor fasli kirib keldi.

Shu munosabat bilan barcha "TIQXMMI" MTU ga qarashli TTJ talabalari bilan birgalikda bahor faslining ilk kuni atoqli shoira vafo va sadoqat timsoli Zulfiya tavalludining 109 yilligi hamda bahorning ilk kuni munosabati bilan "Olam go'zalligi - ayolda mujassam" shiori ostida bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbir jarayonida talabalar Zulfiyaxonim qalamiga mansub she'rlar, sahna ko‘rinishlari, raqs va qo‘shiqlar ijro etdilar.

 

Tarbiyachi-pedagog Sh.Islamova axboroti

Universitet matbuot xizmati