TIQXMMI yangiliklari

img
14.12.2023

OIV infeksiyasidan ogoh bo'ling!!!

Joriy yilning 14 dekabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti talabalaridan ellik nafari ko'ngilli ravishda  qon analizi topshirib, testdan o'tishdi. Ushbu tadbir O'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi respublika OITSga qarshi kurashish markazi tomonidan tashkillashtirildi.  Tadbirda talabalarga OIV va OITS infeksiyasi haqida tushuncha berildi.

Kasallikni kelib chiqishi haqida to'liq ma'lumot, yuqish yo'llari haqida virus bilan zararlanganda nimalarga e'tibor berish to'g'risida fikrlar yuritildi.

“GTQ” fakulteti tyutori D.Xursandova axboroti

TIQXMMI MTU matbuot xizmati