TIQXMMI yangiliklari

img
07.06.2024

Oilaviy kitobxonlik - azaliy qadriyat

Joriy yilning 4-iyun kuni “Ekologiya va huquq” fakuteti Xotin-qizlar kengashi hamda "Gumanitar fanlar" kafedrasi tomonidan “Oilaviy kitobxonlik - azaliy qadriyat” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbir talaba-qizlar bilan davra suhbati shaklida  olib borildi. Tadbirda so‘zga chiqqan “Gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi N.Alimuxammedova кitob nafaqat qalblarni nurafshon qiluvchi, balki insonni chin ma'noda komillik sari yetaklovchi ziyo manbai ekanligi, insonga ma'naviy ozuqa berishi yaxshi kitobni mutolaa qilish qalbning poklanishi bilan barobar ekanligi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.  M.Xakimova ham so‘zga chiqib,  bo‘lajak ona bo‘lmish talaba-qizlarga oilaviy kitobxonlik bolaning kitobga bo‘lgan e'tiborini kuchaytirishi, kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda ota-onalarning tashabbusi muhim ekanligni uqtirdilar.  Jamiyatda kitobxonlik madaniyatini oshirish uchun oilalarda sog‘lom ma'naviy muhitni shakllantirish, har bir oilada shaxsiy kutubxonalar tashkil etish, ota-ona farzandining kitob o‘qishiga bevosita ko‘makchi bo‘lishi kerakligini talaba qizlarimizga etkazildi.

Fakultet Xotin-qizlar kengashi axboroti

Universitet matbuot xizmati