TIQXMMI yangiliklari

img
25.02.2023

Ogohlikka undovchi tadbir

Asrimizning global muammolari qatoriga yangidan-yangi turlari bilan tilga olinayotgan kiberjinoyatchilik kirib kelganiga ham ancha bo'ldi. Uning bizga ma'lum bo'lgan virusli dasturlarni tarqatish, parollarni buzib kirish, kredit karta va boshqa bank rekvizitlaridagi mablag'larni o'zlashtirish talon-toroj qilish, shuningdek, internet orqali qonunga zid axborotlar, xususan, bo'hton, ma'naviy buzuq ma'lumotlarni tarqatish bilan bashariyat hayotiga katta xavf solayotganidan ko'z yuma olmaymiz.

Shuning uchun ham talabalarni ogohlikka chorlovchi tadbirlarni tashkil etilishi maqsadga muvofiq. "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetida xuddi shunga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. O'zbekiston Respublikasi IIB Kiberxavfsizlik boshqarmasi mutaxassislari Sh.Turg‘unov va X.Axmedovlar talabalarga kiberxavfsizlik yuzasidan misollar asosida ma'lumotlar berishdi.

Universitet matbuot xizmati