TIQXMMI yangiliklari

img
29.11.2023

Obuda Universitetining Alba Regia Texnika Fakulteti professori Dr.Tamas Jancso bilan uchrashuv

Joriy yilning 28 noyabrida “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti va Vengriyaning Obuda Universiteti bilan hamkorligidagi navbatdagi xalqaro tadbir “Yer tuzilishi va kadastri” Fakulteti talabalari bilan tashkil qilindi.

Eslatib o’tamiz, O’zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligida “Inno-week 2023” xalqaro tadbiri doirasida   universitetimiz rektori Prof. Mirzayev Baxodir Suyunovich va Obuda Universiteti rektori Prof. Levente Kovacs ushbu Qo’shma Ta’lim Dasturini imzolash jarayonida ikki tomonlama amalga oshirilishi ko’zda tutilgan  masalalarni atroflicha muxokama qilishgan edi. Muxokamada ikkila  universiitet professor-o’qituvchilari tomonidan onlayin webinarlar tashkil qilish, talabalar almashinuvi kabi dolzarb masalalar ham o’rin olgan edi.  

Tadbirni Alba Regia Texnika Fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini, Markaziy Osiyo boʻyicha coordinator, Vengriyaning O’zbekistondagi xalqaro elchisi Professor, Monica Pogatsnik taklifiga binoan professor Dr.Tamas Jancso bilan uchrashuv universitetimiiz iqtidorli yoshlari uchun onlayn webinar tashkil qilindi.

Tadbirdan ko’zlangan maqsad  Vengriyaning Obuda Universiteti va “TIQXMMI” Milliy tadqiqot Universiteti bilan xalqaro hamkorligini yanada mustahkamlash yo’lida o’z sa’yi xarakatlarini Professor Monica Pogatsnik bilan yaqin hamkorlikda ishlab kelayotgan “Ingliz tili” kafedrasi v.b.dotsenti Go’zal Eshchanova tashabbusi bilan universitetimizning magistr va bakalavr talabalariga e’lon berildi, onlayn va offlayn talabalarning ishtiroki ta’minlandi va onlayn uchrahuv samarali tashkil qilindi.

Tadbirda universitetimizning Magistratura bo’limi dekani Dr. A.Yangiyev, “Yer tuzilishi va kadastri” Fakulteti dekani Dr. Sh. Norov va bakalavr va magistr talabalar ham qatnashdi.

Ushbu onlayn webinarda Professor Dr.Tamas Jancsoning Obuda Universitet haqdagi taqdimoti tinglanib, asosan Geoinformatika ta’lim yonalishi bo’yicha Magistraturada taxsil olish, kredit modul asosda taxsil olish, kreditlar va fanlarning tafovutlari va  ‘Hungarian Scholarship” (Vengriya Stipendiyasi) bo’yicha hujjat topshirishdagi talabalar rioya qilishlari zarur bo’lgan ma’lumotlarga to’xtalib o’tildi.Tadbit universitetimizning Geoinformatika Markazida tashkil qilindi. Talabalar o’zlari qiziqtirgan savolarga javob olishdi va professor bilan to’gridan tog’ri o’zlarini qiziqtirgan savollari bo’yicha bog’lanish uchun jansco.tamas@amk.uni-obuda.hu imkoniyatiga ega bo’lishdi.

     Tadbirda Go’zal Eshchanova universitetimizning yaqin hamkori bo’lmish Vengiyaning Obuda Universitetida ‘Hungarian Scholarship” (Vengriya Stipendiyasi) xalqaro tanlovi orqali bakalavriatura va magistraturaning turli ta’lim yo’nalishlarida grant asosida 1 o’quv yiliga yoki butun kurs davomida taxsil olish imkoniyatlari haqida to’xtalib, tanlov ishtirokchilarilaridan minimum B2 (IELTS 6) sertifikatiga ega bo’lish talab etilishini tushuntirib o'tdi.

Kelgusidagi bu kabi xalqaro Onlayn Webinarlar universitetimizning qolgan 6ta  fakultetlarida ham o’tkazilishi rejalashtirilib, ikki tomonlama ma’lumot almashildi.

Vengriyaning Obuda Universiteti bilan halqaro hamkorlik va ‘Hungarian Scholarship” (Vengriya Stipendiyasi) bo’yicha “Ingliz tili” kafedrasi v.b.dotsenti Go’zal Eshchanovaga quyidagi electron pochtalar orqali murojaat qilishingiz mumkin:

 eshchanova.guzal@uni-obuda.hu  

  guzaleshchanova1979@gmail.com