E'lonlar

18.02.2022

Obuda universitetida virtual ochiq eshiklar kuni

Vengriya davlatining yetakchi OTM laridan biri hisoblangan Obuda universiteti shu yilning 3-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00-20:00 da ochiq eshiklar kunini online ko‘rinishda o‘tkazishni rejalashtirgan. Buning natijasida bo‘lajak talabalar va ota-onalar uchun virtual 3 o‘lchamli (3D) muhitni taqdim etish nazarda tutilgan bo‘lib, universitet binolarida sayr qilish, fakultet vakillari va professorlar bilan shaxsiy suhbatlar qurish imkoniyatlari ham yaratilgan. Ishtirokchilar ushbu veb-seminarlarni tinglash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad Obuda universiteti tomonidan taqdim etiladigan fakultetlar va o‘quv dasturlari bilan tanishtirish va bo‘lajak talabalar bilan individual suhbatlashish imkoniyatini yaratish, bu orqali ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatlariga ega bo‘lishlaridan iborat.
Ishtirok etish uchun https://event.lansera.io/%C3%93U-Open-Day/home ushbu havola (link) orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Eslatma: Barchamizga ma’lumki, 2021 yilning oktyabr oyida Obuda universiteti rektori bizning OTM ga tashrif buyurgan bo‘lib, tashrif davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha shartnomalar imzolangan. Bulardan biri sifatida Yer resurslarini boshqarish fakultetining bakalavr bosqichi talabalari ta’limning 2 yilini bizning universitetda va qolgan 2 yilini aynan ushbu Obuda universitetida o‘qishlari va yakunda har ikki OTM ning diplomini olish imkoniyatini beruvchi qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha kelishuv shartnomasi imzolangan edi.

 

 

Geoinformatika qo‘shma

tadqiqot markazi jamoasi