TIQXMMI yangiliklari

img
06.02.2023

Notiqlik mahoratini oshirish yo‘lida

         Joriy yilning 1-fevral kuni soat 19-00da 3-TTJda "Yashashdan maqsadim nima?" Mavzusida seminar trening oʻtkazildi. Treningni yotoqxona psixologi Nurxon Baxodirovna olib bordi. Treningda universititetning 1-bosqichida oʻqiydigan oʻgʻil qiz talabalari faol ravishda ishtirok etishdi. Ular oʻzlarining hayotidagi maqsadlari nima ekanligini, maqsadga qanday erishmoq lozim ekanligini aytib oʻtishdi. Trening davomida psixolog Nurxon Baxodirovna hamda "Notiqlik mahorati" oʻquv kursi ishtirokchilari, "ENERGETIKA" fakulteti 1-bosqich talabalari Shukurullayev Toshpoʻlat va Joʻrayev Sardorbek oʻzlarining nutqlari orqali talablarga Maqsad nima ekanligini, unga qanday erishish kerakligini tushuntirishdi. Davradagi jamiyki qatnashuvchilar har bir talabaning maqsadi dadil va qatʼiyatli ekanligidan xursand boʻlishdi. Psixolog tomonidan haftaning Juma kuni ham seminar trening mashgʻulotini tashkil etish va oʻtkazish talabalar xayrixohligida reja qilib olindi. Fursatdan foydalanib TTJ maʼmuriyatiga tashakkur bildirib qolamiz!!!

       "ENERGETIKA" fakulteti 1-bosqich talabasi T.Shukurullayev 

Universitet matbuot xizmati