TIQXMMI yangiliklari

img
19.11.2023

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi

2023 yil 18 noyabr kuni “TIQXMMI”MTU B-bino Turonbank o‘quv xonasida “Iqtisodiyot” fakulteti talaba yoshlari va professor-o‘qituvchilari uchun Respublika “Turonbank” ATB “Kichik va o‘rta biznes departamenti boshqarma boshlig‘i” Fayziev Ravshan Shuhratovich “Kichik va o‘rta biznes: joriy holat va imkoniyatlar” mavzusida seminar o‘tkazdi.

“Iqtisodiyot” fakulteti dekani R.Xakimov kirish so‘zi bilan ochib berib, “Turonbank” ATB va Universitetimiz o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan o‘zaro hamkorlik va aloqalar xususida va talabalar uchun mavjud imkoniyatlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

Ma’ruzachi tomonidan Respublikamizda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish borasida  yaratilgan imkoniyatlar va mavjud holat yuzasidan batafsil ma’lumotlar berib, kichik va o‘rta biznesni mamlakatimizda rivojlanishi va kengayishi borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini statistik ko‘rsatkichlar va tendensiyalarni chuqur tahlil va ma’lumotlar asosida tushuntirib berdilar.

Seminarda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar oldilar.

“Iqtisodiyot” fakulteti dekani R.Xakimov ma’lumoti

Universitet matbuot xizmati