TIQXMMI yangiliklari

img
08.04.2023

Nazariy va amaliy bilimlar integratsiyasi

Bugungi kunda oliy ta’limda yetishib chiqadigan kadrlarning salohiyati, qay darajada nazariy bilim olinganligi bilan bir vaqtda shu bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish, tadbiq qilish hamda ishlab chiqarish bilan bog‘lay olish eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi professor o‘qituvchilari, GM fakultetining Suv xo‘jaligi va melioratsiya yo‘nalishi 3-bosqich talabalari birgalikda ochiq seminar darsi tashkil qilindi.

Tadbirda “Suv tejovchi texnologiyalarning turlari, afzalliklari, ularni qishloq xoʼjaligi ekin turlaridan hamda tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib tanlash va sug‘orishni tashkil etish tartibi” mavzusida  Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi PhD Gapparov Samandar Mamatqulovich ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Tadbir davomida suv xo‘jaligi sohasidagi muammolar, ularning yechimlari hamda takliflari bayon etildi, Ma’ruza so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan qatnashib, keraklicha javoblar va mulohazalar olib borishdi.

"Irrigatsiya va melioratsiya" kafedrasi assistenti Sh.Mardiyev axboroti