TIQXMMI yangiliklari

img
15.03.2024

Navro’z umumxalq bayramiga tayyorgarlik

Ona zamin va tabiatga mehr-muhabbat, saxovat va muruvvat, bunyodkorlik va olijanoblik kabi xalqimizga xos ezgu fazilatlar eng qadimiy bayramimiz bo’lgan Navro’z timsolida asrlar davomida ulug’lanib, sayqal topib kelmoqda.

Yurtimizda uyg’onish, yasharish, yangilanish ayyomi – Navro’zi olam nafasi kezib yuribdi. Xalqimiz ushbu qutlug’ shodiyonani har yili o’zgacha shukuh va kayfiyat bilan qarshi olishga odatlangan. SHukrki, ona-yurtimiz tinch, mamlakatimiz obod. Ana shunday ozod yurtning obod manzillarida esa sizu biz  azaliy ayyom – Navro’zi olamni zo’r quvonch va katta xursandchiliklar ila qarshi olamiz.

 “NAVRO’Z UMUMXALQ BAYRAMIGA TAYYORGARLIK KO’RISH VA UNI O’TKAZISH TO’G’RISIDA”gi O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING  2024 yil  4-mart, PQ-113-son QARORIDA belgilangan vazifalardan kelib chiqib Navro’z bayramini o’tkazishda 2024 йил 15- мартда «Yer resurslari va kadastr» fakulteti  Xotin qizlar jamoasi  faol ishtirokini ta’minlash vazifalarini belgilab olish bo’yicha 4-talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba qizlar bilan davra suhbati bo’lib o’tdi.  Davra suhbatida  xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova 16-mart “Umumxalq hasharini”, ya’ni obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlarini olib borish to’g’risida ma’lumot berib o’tdi. Hashar «Obod va fayzli mahalla — yurt ko’rki» shiori ostida o’tkaziladi. Hasharga ixtiyoriy ravishda qatnashishlaringizni so’rab qolamiz.

Undan tashqari “Qizlarjon klubi” tomonidan olib borilgan va bajarilgan ishlar bo’yicha ko’rgazmalar  tashkil qilinadi.

2024 yil 19 mart kuni universitetda  katta Navro’z sayli bo’lib o’tadi.Hammani bayramga qatnashishlarini so’rab qolamiz.

"YRK" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha  

dekan maslahatchisi  Z.Xafizova axboroti

Universitet matbuot xizmati