TIQXMMI yangiliklari

img
09.02.2023

Navoiyning navosidan bahramandlik

          "TIQXMMI" MTU 3-sonli talabalar turar joyida "Alisher Navoiy- buyuk mutafakkir" deb nomlangan adabiy kecha tashkil etildi. "Energetika" fakulteti tyutorlari hamda 3-TTJ tarbiyachi pedagogi Nurxon To'raqulovalar tashabbusi bilan tashkil etilgan ma'naviy-ma'rifiy kecha mazmunli bo'lib o'tdi. Talabalar tomonidan mutafakkir hayoti va ijodi haqida ma'lumotlar berildi. Ruboiy, g'azallaridan aytildi. O'ylaymizki, bu singari foydali suhbatlar talabalar uchun ma'naviy ozuqaning o'zginasi. Qolaversa, millat faxri, mumtoz adabiyot qiroli bo'lmish Alisher Navoiy ijodidan bir bayt bo'lsa ham bilmoqlik avlodlarning ham qarzi, ham farzidir.

"ENERGETIKA" fakulteti tyutori Z.Nuraliyeva axboroti

Universitet matbuot xizmati