TIQXMMI yangiliklari

img
10.02.2024

Navoiyni yodi hamisha qalbimizda

«Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti «Gidrotexnika qurilishi» fakulteti dekan o'rinbosari A.Azimov va fakultet tuytori D.Xursandovalar   boshchiligida   iqtidorli talabalar bilan buyuk o'zbek shoiri va mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan adiblar xiyobonidagi Navoiy haykali poyiga gul qo‘yib, shoirni yod etish maqsadida tashrif buyurishdi. Tadbirda talabalar Navoiyni yod etishib uning qalamiga mansub boʻlgan g'azallardan o'qishdi. Talabalar shoirning: "El netib topgay menikim, men o'zimni topmasam" degan misralarini tafakkur qilishib, o‘z oldilariga qo‘yishgan maqsadlari sari ildam harakat qilish va Vatan oldidagi burchni oqlash lozimligi to‘g‘risidagi xulosalarga kelishdi.

GTQ fakulteti tyutori    D.S.Xursandova axboroti

Universitet matbuot xizmati