Navbatdagi Adiblar xiyobonida ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari
Joriy yilning 2-may kuni “Energetika” fakulteti jamoasi, ijodkor hamda sportchi talabalari, Adiblar xiyobonida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari va tyutorlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirini tashkil etishdi. Tadbirni dekan o‘rinbosari I.Buxorov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng she’riyatga qiziquvchi talabalar tomonidan o‘zlari yozgan she’rlaridan na‘munalar o‘qib berishdi va jonli qo‘shiqlar kuylandi.
“Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi o‘qituvchisi A.Abdug‘aniyev so‘zga chiqib Adiblar xiyobonida tashkil etilayotgan tadbirlardan talabalar hamda o‘qituvchilar mamnunligi haqida fikr bildirib o‘tdi. Sportchi va mard yigitlar fakultetning yo‘nalishlari kesimida guruhlarga ajralib, sportning arqon tortish, armrestling, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbiri sermazmun va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
“Energetika” fakulteti tyutori B.Abdullayev axboroti
Universitet matbuot xizmati