TIQXMMI yangiliklari

img
26.03.2024

Namangan viloyatining imkoniyatlarini ishga solish masalalariga bagʼishlangan yigʼilishda Prezident qishloq xoʼjaligi tarmoqlariga alohida toʼxtaldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Namangan viloyatining imkoniyatlarini ishga solish masalalariga bagʼishlangan yigʼilishda Prezident qishloq xoʼjaligi tarmoqlariga alohida toʼxtaldi.

Namanganda suv manbalari serob boʼlgani bilan, suv tejovchi texnologiyalarni birinchi navbatda shu hududda joriy qilish shartligi koʼrsatib oʼtildi.

 

Joriy yilda 60 ming gektarda suv tejovchi texnologiyani joriy qilish va 40 ming gektarni lazerli tekislash yuzasidan mutasaddilarga koʼrsatma berildi.

Shuningdek, viloyatdagi kanallarni betonlash, “Chorkesar”, “Zarkent” va “Isparon” suv omborlarini qurish, “Chust” va “M-2” kanalini taʼmirlash masalalari koʼrib chiqildi.

"TIQXMMI"Milliy tadqiqot universiteti matbuot xizmati