TIQXMMI yangiliklari

img
07.03.2024

Nafosat va nazokat sohibalariga bag‘ishlandi

Qalblarning quvonchi, nasllar tayanchi, farzandlar suyanchi, oilalarimiz sevinchi muqaddas va mo‘tabar onajonlarimiz nomi bilan bog‘lanarkan, "Xalqaro xotin-qizlar kuni" bayramining nechog‘li ahamiyati katta ekanligini tasavvur etish mimkin. 

Bugun universitetimizning muhtasham madaniyat saroyida jamoamiz хotin-qizlariga bag‘ishlangan qutlov va konsert dasturi namoyish etildi.

Dastavval, universitetimiz rektori, professor Bahodir Mirzayev tabrik so‘zi bilan chiqish qildi. Keyin esa jamoamizning fidoyi va faol xotin-qizlariga O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Faxriy yorliqlari va "TIQXMMI" milliy tadqiqot universiteti rahbariyatining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Rektor mukofotlarni topshirar ekan, barchalariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Keyin esa dasturning ikkinchi - badiiy qismi boshlandi. O'zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, iqtidorli shoir Bobur Bobomurod o‘z she'rlaridan o‘qidi. Keyin taniqli san'atkorlardan Respublikada xizmat ko‘rsatgan artist Ahror Usmonov, Kumush, “Surxon” guruhiningt iste’dodli solisti To‘lqin Fayz, “Nihol” davlat mukofotining sovrindori Hojiakbar Abdusamadov va universitetimiz qoshidagi ansamblning badiiy rahbari Muhayyo Muhammedova boshchiligidagi badiiy jamoa o‘z san'atlarini namoyish etishdi.

          “Yer resurslari va kadastr” fakulteti jamoasining tashkilotchiligida o’tkazilgan ushbu bayram dasturi ko‘tarinki ruhda, zavq-shavqli tarzda o‘tdi. Universitetimiz xotin-qizlari xushnud holda minnatdorchilik bildirishdi.

UNIVERSITET MATBUOT XIZMATI