TIQXMMI yangiliklari

img
09.03.2023

Nafosat timsollariga bag'ishlandi

Dunyoni go‘zallik qutqaradi degan mashhur ibora bor. Ayol esa go‘zallik va nafosat timsoli. Demak, ayol hayot manbai, dunyo asosi. Davlatimiz rahbarining shuning uchun ham xotin - qizlarni jamiyatimiz va hayotimizning fayzi va ko‘rki sifatida e'tirof etishlari bejiz emas. Xuddi shu ruh va mazmun kuni kecha Prezidentimizning bayram tabrigida ham aks etgani faxrlidir. 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Respublikamizning turli viloyatlarida, jamoa korxonalari va ta'lim muassasalarida tantanali tadbirlar tashkil etilmoqda.

Bugun “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida bayram munosabati bilan xotin-qizlarni, faxriylarimizni O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Milliy tadqiqot universitetimizning faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlash tadbiri tantanali tarzda tashkil etildi. Hurmat nishonlari va mukofotlarni vazirliklar nomidan rektorimiz, professor Mirzayev Bahodir Suyunovich topshirdi.

Keyin esa ular sharafiga mashhur san'atkorlar ishtirokida bayram konserti uyushtirildi. Taniqli san’atkorlardan Gulinur, Anvar Sobirov, Dilshod Rahmonov, Nargiza Azimovalarning dilgir, sho’x qo’shiqlari, shuningdek, “Qahqaha” guruhining ichakuzdi hangomalari davraga fayz kiritdi.

Universitetimiz jamoasi ushbu bayram dasturi baxsh etgan xursandchilikdan benihoya g‘ururlandi.

 

Universitet matbuot xizmati