TIQXMMI yangiliklari

img
23.05.2024

“Nafosat” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi

Joriy yilning 22-may kuni universitet xotin-qizlar maslahat kengashi rejasi asosida “Energetika” fakulteti talaba-qizlari o‘rtasida “Nafosat” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.  Tanlovda fakultetda aql-zakovati, fidoiyligi bilan hurmat qozongan talaba-qizlar  ishtirok etishdi. O‘zini tanishtirish, tikish-bichish va erkin mavzuda bahslashgan qizlar qobiliyat va iste’dodlarini namoyish qilishdi. Asosan qo‘l mehnati bilan yaratilgan bejirim milliy buyumlar qizlarning chevarligidan dalolat berib turibdi.        

Tanlov universitetda talaba-qizlar o‘rtasida yuksak kiyinish madaniyatini, milliylik hamda zamonaviylik uyg‘unligini aks ettirish va o‘ziga xos yondashuv bilan ajralib turish maqsadida o‘tkazildi.

Tanlovda fakultet hotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Ch.Oxunboboeva, tyutor D.Hudoyberganovalar talabalarning mahoratlariga baho berishdi.

Mazkur tanlov talabalarga manzur bo‘lib, keyingi bosqichlari universitetdagi fakultetlar miqyosida o‘tkazilishi to‘g‘risida takliflarini bildirishdi.

 Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi axboroti Ch.Oxunboboeva                                                   

Universitet matbuot xizmati