TIQXMMI yangiliklari

img
10.02.2023

Muzeyga tashrif

“TIQXMMI” MTU “QXM” fakulteti tyutori J.Sa’dullayev fakultetining qiziquvchan, ijodkor 1-kurs 105-guruh talaba yoshlari bilan O’zbekiston xalq yozuvchisi Sergey Borodin uy muzeyga tashrif  buyurishdi. Ochiq chehra bilan barchani kutib olgan muzey nazoratchisi muzey haqida to’liq ma’lumot berdi hamda ijodkorning hayoti va ijod yo’llarini so’zlab berdi. Ajdodlarga hurmat har bir avlod qalbida bo’ lishi lozimligi, ular qalblarda mangu yashayotgani yoshlarga alohida eslatib o’tildi. Talabalarning fikr va mulohazalari ham tinglandi. Talaba yoshlar bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar zamirida ajdodlar merosini o'rganish, ulardagi ibratni hayotida qo'llagan holda mustaqil hayot yo'lida o'z o'rnini topishga ko'maklashish masalasi turibdi. Zero, bu singari harakatlar talabalarga ma’naviy ozuqa berishiga ishonamiz .

"Energetika" fakulteti 2-bosqich talabasi T.Ergashov axboroti

Universitet matbuot xizmati