TIQXMMI yangiliklari

img
11.01.2024

Muzeyga sayohat

Bugun “Toshkent Irrigatsiya va qishloq  xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti 1- bosqich 101, 107, 110 – guruh talabalari  14- yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlar davlat muzeyiga sayohat uyushtirdik. Muzeydagi eksponatlar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Vatanga bo‘lgan muhabbat hissi yanada oshdi. Kelajakda biz ham  yurtimiz ravnaqiga o‘zimizning hissamizga qo‘shishga va’da beramiz. Jannatmakon yurtimiz tinchligi va osoyishtaligiga posbon bo‘lgan vatan himoyachilariga doim ta’zimdamiz.

“Iqtisodiyot” fakulteti   tyutori  D.Egamova axboroti

Universitet matbuot xizmati