TIQXMMI yangiliklari

img
04.06.2023

Muzey – tarix ko'zgusi, tarbiya maskani

Barchamizga ma'lumki, muzeylarda saqlanayotgan noyob eksponatlar orqali insonlar ayniqsa, yosh avlodda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, bebaho tarixiy va madaniy merosga hurmat, g'urur va iftixor, Vatanga sadoqat va muhabbat tuyg'ularini tarbiyalash va kuchaytirish muhim ahamiyatga ega.

Joriy yilning 03 - iyun kuni Yoshlarni o'z tarixiga hurmat ruhida tarbiyalash, hamda ularda ajdodlar qoldirgan boy madaniy merosni asrab avaylash tuyg'ularini shakllantirish maqsadida "Iqtisodiyot" fakulteti xotin- qizlar masalasi bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova "Energetika" fakulteti 103- guruh talabalari bilan Tamara Xonim (haqiqiy ismi - Tamara Artyomovna Petrosyan) — raqqosa, xonanda, baletmeyster. SSSR xalq artisti  Ikkinchi darajali Stalin mukofoti laureati Tamara Xonim va rus yozuvchisi Oʻzbekiston xalq yozuvchisi,  Amir Sargijon taxallusi bilan ijod qilgan, xalq og'zaki ijodi bilan shug'ullangan.

"Soʻnggi Buxoro" "Misrlik" romanlari va "Usta qushchi" hikoyalar toʻplami  Oʻrta Osiyo xalqlari hayotiga bagʻishlangan. "Samarqand osmonida yulduzlar" turkumidagi va Tarixiy roman - "Dmitriy Donskoy" asarlari muallifi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati Sergey Borodin uy muzeyiga tashrif buyurdilar. Talaba yoshlar ikki buyuk darg'alarimiz Tamara Xonim va Sergey Borodin hayot yo'li bilan yaqindan tanishdilar , mashhur san'atkor va moxir yozuvchi  siymosida talaba yoshlar qalbida Vatanga bo‘lgan buyuk muhabbat jo'sh urdi. 

"Iqtisodiyot"fakulteti xotin- qizlar masalasi bo'yicha kengash raisi Ra'nо Qoditova axboroti

Universitet matbuot xizmat