TIQXMMI yangiliklari

img
14.10.2023

Muzey bo'ylab

Muzey moziyga yetaklaydi degan gap haq. U ham kutubxona singari bilim va ma’lumotlar manbai. Unda eksponatlar so’zlaydi. Bugun "Toshkent irrigatsiya qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti "Yer resurslari va kadastr" fakulteti “Geodeziya va geoinformatika” ta'lim yo'nalishi 1-kurs 102- guruh talabalari guruh murabbiysi Turg'unova Maftuna Zakirovna boshchiligida “Shon-sharaf” muzeyiga sayohat uyushtirishdi.  Sayohat davomida talaba-yoshlar muzey xodimlaridan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Sayohat juda qiziqarli taassurotlarga boy tarzda bo'lib o'tdi.

Universitet matbuot xizmati