TIQXMMI yangiliklari

img
20.05.2024

Muvaffaqiyatga munosib munosabat

Ilm va ta’limning qadrlanishi talaba va pedagoglarning faoliyatiga munosib baho hamda ularing amalga oshirilayotgan ishlari va yutuqlarini rag‘batlantirilishi bilan chambarchas bog‘liq. Bugun ertalab rektorat yig‘lishida "TIQXMMI"Milliy tadqiqot universitet rektori B.S.Mirzaev “Intensiv IELTS kursini” bitkazganlarga  va uni tashkil etishda fidoyilik ko‘rsatganlarga o‘z minnatdorchiligini bildirib ularga  sertifikatlarni topshirdi.

Universitet va Britaniya Kengashi hamkorligida “Kasbiy Rivojlantirish Markazi”ning Iqtisodiyot fakulteti filialida tashkil etilgan “Ingliz tili to‘garagi” doirasida 2 oylik “Intensiv IELTS kursini” muvaffaqiyatli tamomlab, REKTOR GRANTI doirasida quyidagi 3 nafar universitet talabalari Britaniya Kengashining APTIS ESOL sertifikatlarini qo‘lga kiritdilar:

  1. Qambarov Fozilbek Odil o‘g‘li – “Iqtisodiyot” fakulteti “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” ta’lim yo‘nalishi 401-guruh talabasi C1 darajali sertifikat;
  2. Axmadjonov Diyorbek Toxirjon o‘g‘li – “Iqtisodiyot” fakulteti “Turizm” ta’lim yo‘nalishi 105- guruh talabasi C1 darajali sertifikat;
  3. Rahmatov Bekzod Jo‘lli o‘g‘li - "Iqtisodiyot" fakulteti “Turizm” ta’lim yo‘nalishi 105- guruh talabasi B2 darajali sertifikat.

Ushbu “Intensiv IELTS kursini” tashkil etishda “Ingliz tili” kafedrasining quyidagi o‘qituvchilari faol qatnashganlari uchun Yoqubova Nigora Nizomiddinovna, Eshchanova Go‘zal Erkinovna, Usmonova Dilbar Ibragimovnalarga munosib universitet raxbariyatining rag‘bat va tashakkurlari bildirildi.

Universitet matbuot xizmati