TIQXMMI yangiliklari

img
10.02.2024

Mutafakkir muruvvati

Joriy yilning 8 fevral kuni 5-TTJda  talabalar  bilan birgalikda buyuk ajdodimiz–Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlangan «Navoiy–do‘stlik va muhabbat kuychisi» mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

 

Buyuk ajdodimiz Alisher Navoiy  hayoti hamda serqirra ijodi, bebaho merosi, uning o‘zbek tili va adabiyoti rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida so‘z yuritildi. Talabalar Navoiy  ijodi haqida fikr yuritar ekanlar, uning asarlarida ma’naviy poklik, xalqparvarlik, bag‘rikenglik va ma’rifatparvarlik g‘oyalari bosh mavzular bo‘lgani, buyuk bobokalonimiz kelajak avlodlarga beqiyos badiiy-falsafiy va ilmiy-ma’naviy meros qoldirganini ta’kidlab otishdi. Talabalar tomonidan yod olingan Alisher Navoiy qalamiga mansub g‘azal va ruboiylar yig‘ilganlar tomonidan samimiy kutib olindi.

Tarbiyachi-pedagog Sh.Islamova axboroti

Universitet matbuot xizmati