TIQXMMI yangiliklari

img
12.09.2023

Musiqa – qalblar tarjimoni

Joriy yilning 9 sentabr kuni Iqtisod, GTQ, GM 1-2-kurs talabalari bilan universitet psixologi va Xor jamoasi rahbari M.K.Muxamedova tadbir tashkil etdi. Yig‘ilish talabalarni talabalik kuniga tayyorlash: vokal sanʼatidan saboq berish O‘zbekiston madhiyasi va oliygoh madhini maromiga yetkazib ijro etish ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida tashkil etildi. Biz bu yil ham talabalikka qabul qilish kechamizda talabalarimizni kuylash orqali, qalblarida Vatanga,Oilaga va oliygohimizga bo‘lgan samimiyatni uyg‘otish va sadoqatli bo‘lish hissiyotlarini kuchaytirishni maqsad qilganmiz. Repetitsiya jarayonida O‘zbekiston madhiyasi va oliygoh madhini puxta kuylash uchun saboqlar olib boryapmiz. O‘quv yili boshlangan kunlardanoq barcha fakultetimiz talabalari bilan har kuni vokal darsidan saboqlar olib boryapmiz.  

Bugungi tadbirda barcha talabalar faol qatnashishdi. O‘zbekiston madhiyasi va oliygoh madhini chin qalbdan ijro etishga harakat qilishdi. Mashg‘ulot mahalida universitet psixologi xonasiga tashrif buyurishgan GM fakulteti tyutori D.Axrarova va GM fakulteti 1-kurs talabalari jonli tarzda qo‘shiq kuylayotgan Xor jamoasi aʼzolarini o‘z qarsaklari bilan olqishlashdi. Xor jamoasi aʼzolarida musiqiy saboq bo‘lishiga qaramasdan oz vaqt oralig‘ida ijro etilgan kuyga jonli tarzda kuylashlari juda ham quvonarli holat. Kelajakda bu talabalarimizdan yuksak ijodiy parvozlarni kutib qolamiz. Yig‘ilish so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi va ko‘tarinki kayfiyatda tadbir nihoyasiga yetdi. 

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

TIQXMMI MTU matbuot xizmati