TIQXMMI yangiliklari

img
02.12.2022

Munozara o’yini: “Taʼlimmi yoki Tarbiya?”

Joriy yilning 1-dekabr kuni har galgi kabi soat 13:30 dan "Notiqlik mahorati" dars mashgʻuloti boshlandi. Qishning ilk kuni havo sovuq boʻlishiga, yakuniy nazoratlar tugamaganiga qaramay qiziquvchan va intiluvchan talabalar darsda qatnashishdi. Dars mashg’ulotlari "Turon bank" xonasida boʻlib oʻtdi. Bugungi dars jarayoniga "Spiker" notiqlik maktabi rahbari, fikrlash metodlari tadqiqotchisi Ikrom Xudaybergenov mehmon sifatida, Notiqlik sanʼati akademiyasining mutaxassisi, universitetimiz talabasi Sardor Sattarov esa ekspert sifatida qatnashishdi. Bugun darsning asosiy mavzusi "Muzokara madaniyati" boʻldi. Ustoz Rahimboy Jumaniyozov tomonidan muzokara nima va u nima uchun kerakligi haqida toʻliq maʼlumot berib oʻtildi.

Keyin esa auditoriyadagi talabalar 2 guruhga boʻlinishdi. Ular "Inson hayotida taʼlim birinchi darajalimi yoki tarbiyami?" deyilgan savolga oʻz fikrlarini muzokara madaniyati orqali tahlil qilishdi. Jarayon davomida yaxshi harakat qilgan talabalar ragʻbatlantirildi. Debat juda qiziq bo’ldi. Har ikkala tomonning ham bergan fikrlari chiroyli chiqdi. I.Xudoybergenov talabalarni kuzatish jarayonida ularning xato va kamchiligini toʻldirdi, oʻz maslahatlarini ulashdi. Bu galgi dars qiziq hamda hayajonga boy tarzda oʻtdi. Fursatdan foydalanib dars mashgʻulotini tashkil etgan universititimiz rektoriga, ustoz R. Jumaniyozovga hamda "Spiker" Ikram Xudoybergenovga tashakkur bildiramiz.

QSXET fakulteti 1-bosqich talabasi T.Shukurullayev axboroti

Universitet matbuot xizmati