TIQXMMI yangiliklari

img
28.12.2022

Munosib rag’bat

Joriy yilning 26 dekabr kuni "Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti xotin- qizlar masalasi bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova "Haydar Aliyev  nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi"da  Yil davomidagi faoliyati uchun turli nominatsiyalarda "Faxriy diplom" lar topshirish,taqdirlash tadbirida ishtirok etdi.

O'zbekiston shoir va yozuvchilari, jurnalistlar, teleboshlovchilar qatorida Rano Kodirova ham "Ozarbayjon  - O'zbekiston do'stlik aloqalari targ‘iboti bo'yicha yilning eng faol  ilmiy xodimi " nominatsiyasi  Faxriy diplom va qimmatbaho sovg'a bilan taqdirlandi.

Universitet matbuot xizmati