TIQXMMI yangiliklari

img
02.12.2022

Muammoli va mazmundor ma’ruza

        “Gidromelioratsiya” fakulteti “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi professor-o’qituvchilari I.Begmatov, A.Mamataliyev, Sh.Botirov, D.Yulchiyev, S.Tadjiyev va I.Urazbayevlar tashabbusi bilan 2022-yil 2-dekabr kuni 5450200-“Suv xo’jaligi va melioratsiya” ta’lim yo’nalishi 4-kurs 401, 402, 403, 404, 405, 406-guruh talabalari uchun universitetimizning 2-ma’ruza zalida muammoli ma’ruza tashkil etildi. Muammoli ma’ruzaga O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi Paxta seleksiyasi, urug’chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining laboratoriya mudiri q.x.f.d., katta ilmiy xodim Avliyoqulov Mirzoolim Avazovich tashrif buyurdi.

       Muammoli ma’ruza davomida “G’o’zani sug’orishning yangi zamonaviy suv tejamkor texnologiyalari, global iqlim o’zgarishi va uning oqibatlari, jahon va O’zbekistonda suv muammolari, O’zbekistonda suv ta’minoti va sug’orish tarmoqlari, tomchilatib sug’orish texnologiyasini qo’llash, suv tejovchi sug’orish texnologiyalari, Xitoy, Hindiston, AQSH va Isroil davlatlarida g’o’za yetishtirish texnologiyalari” haqida ma’lumotlar talabalar e’tiboriga yetkazildi. Ma’ruza juda qizg’in va savol-javoblar bilan o’tdi. Tadbir talabalarda katta qiziqish uyg’otib, bu kabi tadbirlarni ko’proq tashkil etish va talabalarga ilmiy faoliyatini tashkil etish bilan bog’liq masalalarni kengroq tushuntirish aytib o’tildi. Bunday tadbirlar kafedralarda davom etmoqda.

   Universitet matbuot xizmati