TIQXMMI yangiliklari

img
08.04.2024

Mohir qo'llar mo''jiza yaratar

Joriy yilning 5 aprel kuni «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti «Gidrotexnika qurilishi» fakulteti dekan o'rinbosari A.Azimov, dekan maslahatchisi F.Yunusova, fakultet tyutorlari D.Xursandova hamda X.Saidovalar tashabbusi bilan 1-sonli talabalar turar joyida yashovchi talaba qizlar bilan yuqori malakali mohir qo'lli talaba qizlarni aniqlash va rag'batlantirish, oila qurishga tayyorlash, pazandalik mahoratini oshirish hamda ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, talabalar o'rtasida sog'lom raqobat va ijodkorlik muhitini yaratish maqsadida 1-talabalar turar joyi qizlari o'rtasida “Mohir qo'llar” ko'rik tanlovi o'tkazildi.

Tadbirni fakultet dekan maslahatchisi o'z kirish so'zi bilan ochib berdi.   D.Xursandova bellashuv ishtirokchilariga ko'rik tanlov shartlar haqida ma'lumot berib, barcha ishtiroklarga muvaffaqiyat tiladi. Bugungi o'tkazilgan tanlovda 2-bosqich talabasi Turdaliyeva Feruza, 1-bosqich talabasi Qurbonboyeva Oltinoy,  1-bosqich talabasi Musoqulova Sevinchlar o'rtasida bellashuv bo'lib o'tdi. Tanlovning 1- shartida qizlar qay darajada so'zga ustaliklari bo'yicha, 2-shartida soch o'rish, 3-shartida bahoriy salat tayyorlash, 4-shartida qo'l mehnati bilan yaratilgan milliy do'ppi va taqinchoqlar yasash bo'yicha bellashuv olib bordilar. Tanlovda Xotin-qizlar masalari bo'yicha rektor maslahatchisi Z.Ismailova, YeRK fakulteti dekan maslahatchisi Z.Hafizova hamda universitet psixologi M.Muhammedovalar hakamlik qilishdi. Hakamlar hay'ati barcha shartlar bo'yicha ishtirokchilarga shaffof baho berishdi. Ko'rikda ishtirok etgan qizlar barcha shartlarda o'ziga xoslik bilan yondashib tengdoshlariga o'rnak bo'la oladigan tomonlarini namoyish etishdi. Ayniqsa yoshlarimiz qalbida milliy kiyimlarga nisbatan mehr muhabbat uyg'otish maqsadida targ'ibot qiluvchi tadbirlar o'tkazilayotgan bir davrda qizlarimiz o'z  qo'l mehnati bilan yaratgan taqinchoqlari, milliy ruhda tikkan do'ppilari barchaga birdek manzur bo'ldi.  Tanlovda 2-bosqich talabasi Turdaliyeva Feruza 1-o'rin, 1-bosqich talabasi Qurbonboyeva Oltinoy 2-o'rin, 1-bosqich talabasi Musoqulova Sevinchlar 3-o'rinni egallab mohir qo'llik bo'yicha o'z san'atlarini nomoyish etishdi.

"GTQ" fakulteti dekan maslahatchisi F.Yunusova va tyutor D.Xursandovalar  axboroti 

Universitet matbuot xizmati