TIQXMMI yangiliklari

img
04.04.2024

“Mohir q’o‘llar"  ko‘rgazmasi tashkil etildi

Joriy yilning 2-aprel kuni "Gidromelioratsiya" fakulteti xotin - qizlar masalalari boʼyicha dekan maslahatchisi Zamira Beknazarova, dotsent Tursunoy Apaqxujayeva, “Qizlarjon klubi” rahbari Zulfiya Xafizova va fakultet tyutorlari tomonidan “Mohir q’o‘llar"   ko’rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmaga iqtidorli talaba qizlarning “biser”, “tikuvchilik”, “rassomchilik” va “kashta tikish”   boʼyicha q’o‘l mehnatlari samarasi namoyish etildi.

Tadbirda Unuversitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari, fakultet dekanat xodimlari, kafedra mudirlari va professor-oʻqituvchilar, laborant va xodimlar hamda talabalar oʻzbek milliy liboslarida faol ishtirok etdilar. Qatnashuvchilar tomonidan talaba qizlarning mahoratlariga tasannolar bildirildi.

Tadbirlar yana davomiy bo’lishi uchun musiqalar ostida xushkayfiyatda milliy raqslar bilan yakunlandi.

“Gidromelioratsiya” fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z. Beknazarova axboroti

Universitet matbuot xizmati