TIQXMMI yangiliklari

img
01.04.2024

“Mohir qo’llar” ijodiy кo’rgazmasi

2024 yil 30-mart kuni  “Yer resurslari va kadastr ” fakulteti talabalari ishtirokida “Mohir qo’llar” deb nomlangan ijodiy ko`rgazma bo’lib o`tdi. Ijodiy ko`rgazmada  fakultet talabalari o`qishdan bo’sh vaqtlarida turli xil to`garaklarda ishtirok etib, o`rgangan hunarmandchilik namunalaridan namoyishga qo`yishdi.

O’zbekistonimizning tinchlik, farovonligining asosiy kaliti bo’lmish mustahkam qadriyatlarimiz bor ekan, yurtimiz bundanda rivojlanib boraveradi. Ushbu ko’rgazmani tashkil etishda fakultet “Yoshlar bilan bo’yicha ” dekan o’rinbosari X.Eshova xotin-qizlari masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova,  universitetimiz psixologi M.Muxammedova va tyutor M.Turg’unovalar va talaba qizlarimizga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Kelajakda talaba qizlarimiz oʻz ishini ustasi boʻlib yetishishiga ishonamiz. Bu qizlarimiz fakultetimizda tashkil etilgan “Qizlarjon klubi”da faoliyat yuritib kelmoqda.

Universitet matbuot xizmati