TIQXMMI yangiliklari

img
08.04.2024

Mock IELTSdan saralangan nomzodlar “English Club” da IELTS imtixoniga  tayyorlanishmoqda

Joriy yilning  2-aprel sanasida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Iqtisodiyot” fakultetida  Mock IELTSdan yuqori natijalarni qo’lga kiritgan nomzodlar “English Club” da o’zlarining ilk dars mashg’ulotlarida qatnashishdi.

Eslatib o’tamiz, joriy yilning 28-mart sanasida universitetimizning barcha  fakultetl talabalari uchun  Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda tashkil qilingan “Kasbiy Rivojlantirish Markazi”ning “Iqtisodiyot” Fakulteti filiali B-korpus 2-qavat, 226-xonada o’tkazilgan Mock IELTS (paper-based) Listening va  Writing  komponentlari bo’yicha imtixon tashkil qilindi. Ushbu xalqaro imtixonni tashkil qilishdan ko’zlangan maqsad imtixon topshiruvchilarning xorijiy til darajalarini aniqlash, nomzodlarning egallagan ko’nikmalari bo’yicha kuchli va kuchsiz tomonlariga e’tibor qaratishdan iborat bo’lib, mazkur imtixonda 30 nafar nomzodlar qatnashishdi.

Mock IELTS imtixonni ‘‘Ingliz tili’’ kafedrasi dotsenti Go’zal Eshchanova, Dilbar Usmonova va Nigora Yoqubovalar ‘‘Kasbiy Rijojlantirish Markazi’’ning fakultet filiali tashkillashtirdi. Mock IELTda talabalarning ikkita til ko’nikmlari, eshitish va yozish bo’ycha til komponentlari baxolandi. Tadbir boshida nomzodlarga xozirgi kundagi xorijiy til ko’nikmalarini rivojlantirish   istiqbolli kelajakni yanada mustahkamlashini ta’kidlab o’tildi.

“English Club” faoliyati haftada 3 marotaba IELTS ko’nikmalari Listening, Reading, Writing and Reading bo’yicha talabalarga saboq berishmoqda. Mock IELTSdan yuqori natijalarni qo’lga kiritgan nomzodlar “English Club” da IELTS imtixoniga tayyorlanishmoqda. Ushbu kursda qatnashchilar tajribali o'qituvchilar bilan qisqa muddatda Ingliz tilidan til ko’nikmalarini rivojlantirib, darajalarini oshirishga va IELTS imtihonini boy’icha  bir qator afzalliklardan foydalanish imkoniga ega bo’lishadi. Shuningdek, “English Club” dasturiga Speaking Class, Movie class, Karaoke class, Online Vebinarlar va Mock IELTSlar bo’yicha faoliyatlar rejaga kiritilgan.      

Umid  qilamizki, ku kabi yondashuvlar universitetda iqtidorli talabalar salmog’ini oshiradi, xorijiy sertifikat soxiblari sonini oshishiga yordam beradi, shuningdek, talaablarimizni universitetda mavjud xalqaro loyixalar doirasida studentlar mobilligida faol qatnashish, xorijiy universitetlarda bir semestr davomida taxsil olish va Top-1000talik universitetlarda magistratura va doktorantura ta’lim yo’nalsihmalrida taxsil olish imkonini beradi.

'"TIQXMMI" Milliy Tadqiqotlar Universiteti matbuot xizmati