TIQXMMI yangiliklari

img
25.04.2023

“Mirzo Ulug'bek vorislari" Respublika tanlovi g'oliblari

Joriy yilning 19-20- aprel kunlari Toshkent  viloyati  bosqichi yoshlari orasida bo'lib o'tgan tanlovda 80 dan ortiq ishtirokchi o‘z ixtirolari, g‘oya va ishlanmalari bilan qatnashdilar. Tanlovda eng yaxshi loyihalar taqdimotini o‘tkazgan  iste’dodli yigit-qizlar yuqori natija qayd etib, tanlov hay'ati tomonidan g'olib deb topildi. Quvonarlisi “Energetika” fakulteti "Elektrotexnika va mexatronika" kafedrasining Innovatorlar klubi aʼzolari Abduraxmanova Diana, Gʻulomova Ziyoda va Tursunboyev Farrux va Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish kafedrasi  talabasi Toshboltayev Shohjaxonlar  tanlovda  muvaffaqiyatli ishtirok etdi va yuqori natija koʻrsatib, Respublika bosqichini qoʻlga kiritdi. 

Innovatorlar klubining boshqa hududlarda ishtirok etayotgan a’zolaridan ham yuqori natijalar kutib qolamiz. G'oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida pul mukofotlarini qo‘lga kiritdilar va maxsus sertifikat bilan taqdirlandilar.

"Energetika" fakulteti tyutorlari axboroti

              Universitet matbuot xizmati