TIQXMMI yangiliklari

img
19.04.2023

Mirzo Ulug'bek vorislari Respublika tanlovi g'olibi

Joriy yilning 15 aprel kuni Qashqadaryo viloyati  bosqichi yoshlari orasida bo'lib o'tgan tanlovda 70 dan ortiq ishtirokchi o‘z ixtirolari, g‘oya va ishlanmalari bilan qatnashdilar. Tanlovda eng yaxshi loyihalar taqdimotini o‘tkazgan  iste’dodli yigit-qizlar yuqori natija qayd etib, tanlov hay'ati tomonidan g'olib deb topildi.  

Quvonarlisi “Energetika” fakulteti Inovatorlar klubi aʼzosi Joʻrayev Sardorbek muvaffaqiyatli ishtirok etdi va yuqori natija koʻrsatib, Respublika bosqichini qoʻlga kiritdi.  Innovatorlar klubining boshqa hududlarida ishtirok etayotgan a’zolaridan ham yuqori natijalar kutib qolamiz. G'oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida pul mukofotlarini qo‘lga kiritdilar va maxsus sertifikat bilan taqdirlandilar.

Energetika fakulteti tyutorlari axboroti

Universitet matbuot xizmati