TIQXMMI yangiliklari

img
02.04.2023

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovi

Mamlakatimiz boʻylab iqtidorli tashabbuskor yoshlarni qoʻllab quvvatlash, ularni ilmiy-texnik faoliyatga jalb qilish hamda ularning bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish maqsadida barcha viloyatlarda “Mirzo Ulugʻbek vorislari” nomi ostida koʻrik tanlov oʻtkazilmoqda. Joriy yilning 29-mart kuni “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi Buxoro viloyati Olot tumanidagi hokimlik binosida boʻlib oʻtdi.

“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasining EcoEnergy jamoasi sardori Avliyoqulov Feruzbek “Grower-Pro oʻsimliklarni ultrabinafsha nurlari orqali oʻstirish” nomli loyihasi bilan ishtirok etdi. Uning izlanishlari samara berib barcha tengdoshlari orasidan  birinchi oʻringa loyiq koʻrilib eng yaxshi natijani qoʻlga kiritdi. Iqtidorli izlanuvchan talabamiz viloyat bosqichida ham muvaffaqiyatga erishish uchun qattiq harakat qilmoqda. EcoEnergy jamoasining boshqa viloyatlarda shu tanlovda ishtirok etayotgan a’zolariga ham yuqori natijalarni tilab qolamiz.

“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi assistenti R.Qobilov axboroti

Universitet matbuot xizmati