TIQXMMI yangiliklari

img
13.02.2023

"Millat quyoshidir olima ayol"

11-fevral - "Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni" munosabati bilan "Energetika" fakulteti tyutori Nuraliyeva Zilola birinchi bosqich talaba qizlar bilan "Millat quyoshidir olima ayol" mavzusida davra suhbati tashkil qildi. Dastlab kun tarixi haqida qisqacha to'xtab o'tildi. Ayollar va qizlarning ilm-fan bilan to'laqonli foydalanishlariga teng imkoniyatlar yaratilishi, shuningdek xotin-qizlarning huquqlarini kengaytirish maqsadida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan “Taraqqiyot maqsadlaridagi fan, texnika va innovasiyalar” to'g'risida rezolyusiyada 11 fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni deb e'lon qilingani, hozirgi kunga qadar keng nishonlab kelinayotgani aytildi. Innovasion rivojlanish vazirligida qizlar uchun eng yirik xalqaro texnologik tanlov – Technovation Girls Uzbekistan dasturi haqida ham ma'lumotlar berildi. “Olima ayollar” tashabbuskor ilmiy loyihalar tanlovi ham aynan xotin-qizlarning ilm-fandagi o'rnini mustahkamlashga qaratilganligi ham yurtimizda olima ayollarga e'tiborning bir ko'rinishi ekanligi ta'kidlandi. Ilm yoʻlini tanlash ayol, qizlardan ulkan jasorat va irodani talab etadi. Chunki bu yo'l oila atalmish muqaddas qo'rg'ondagi vazifalar bilan teng ravishda onalik ma'suliyati hamda olimalik zahmat-u mehnatlarini birgalikda olib borishni taqozo etadi. Shunday ekan, umrni fanning sir-asrorlarini ochish, xalq, Vatan, umuman, insoniyat uchun manfaatli qirralarini kashf qilishga bagʻishlash bo'lajak olima qizlarimiz matonatidan, qatʼiyatidan darak beradi. Qizlarimiz Universitetimizdagi qizlarga yaratilgan imkoniyatlarni aytib, to'lov summasi Universitetimiz rahbariyati tomonidan to'lab berilayotgan "Sanam school" o'quv markazida hamshiralik, pazandalik yo'nalishida saboq olishayotganidan xursand ekanliklarini, minnatdorchiliklarini izhor etishdi. Davra suhbati o'ta samimiy, savol-javoblar asosida bo'lib otdi. Biz nafaqat fakultetimiz, Universitetimiz, balki O'zbekiston qizlariga cheksiz omadlar tilab qolamiz.

      "ENERGETIKA" fakulteti tyutori Nuraliyeva Zilola

      Universitet matbuot xizmati