TIQXMMI yangiliklari

img
20.12.2023

“Mening startap loyiham” inkubatsiya dasturi

Universitet iqtidorli talabalarining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 9-avgustdagi 351-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida universitetda “Mening startap loyiham” inkubatsiya dasturi tashkil etildi.

Dasturda universitet iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan startap loyihalar taqdimotlari eshitildi. Loyihalarni tekshirish va ularni yanada rivojlantirish bo‘yicha dasturga bir nechta startap loyihalar asoschisi va ushbu yo‘nalishda Respublika va xalqaro miqiyosda tashkil etilgan tanlovlar g‘olibi PhD Ozodov E’zoz, universitet iqtidorli talabalarining tajribali ustozi DSc Samiyev Luqmon va boshqa ekspertlar jalb qilindi.

Ekspertlar talabalar tomonidan tayyorlangan loyihalarni har biriga alohida to‘xtalgan holda, loyihalardagi kamchiliklar, loyihaning dolzarbligi, rasmiylashtirish jarayonlari va boshqa ko‘plab dolzarb masalalar yuzasidan talabalarga taklif va tavsiyalarini berdilar. Dastur davomida talabalarga, tayyorlangan loyihalari ustida qayta ishlash uni takomillashtirish va ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek talabalarga, tanlovlarga topshirmoqchi bo‘lgan loyihalarini oldin ekspertlarga ko‘rsatib xató va kamchiliklarini bartaraf etgan holda taqdim etish alohida ta’kidlab o‘tildi.

Iqtidorli talabalar bo‘limi axboroti