TIQXMMI yangiliklari

img
01.03.2024

“Men donorman! Siz-chi ?!"

Eslatib o'tamiz, "Men donorman aksiyasi"da yig'ilgan qon preparatlari uchun ajratilgan albumin dori vositalari onkologiya va gematologiya markazlarida davolanayotgan bolalar uchun beg‘araz berilishi rejalashtirilgan. Inson hayoti davomida qilayotgan yaxshiliklari albatta o‘ziga ham yaxshilik bo‘lib qaytadi. Yaxshilik esa har kimning qo‘lidan keladi.

Asosiysi buni o‘zimiz istasak bas. Sizda ana shunday yaxshilik uchun yana bir imkoniyat tug‘ildi. Joriy yilning 28- fevral kuni "Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova tomonidan "Iqtisodiyot" fakulteti ustoz va talabalari ishtirokida "DONOR BO'L, EZGULIK QIL" mavzusida tadbir o'tkazildi.

Tadbirda "Qon preparatlari" Ilmiy ishlsb chiqarish korxonasi, oliy toifali shifokor-transfuziolog SALIXODJAEVA FARIDA KABULOVNA sermazmun ma'ruzalari bilan ishtirok etib, DONOR so'zining o'zi "Ehson" degan ma'noni anglatishi, kimlar donor bo'la oladi, kimlar yo‘q degan savollarga javoblar berdilar. Bundan tashqari berilgan barcha savollarga javob oldilar. 

O‘ziga xos insonparvarlik namunasi bo‘lgan bu kabi tadbirlar zamirida bemorlar hayotini saqlab qolishdek ulkan va xayrli ish turgani. Shu bois, unda ishtirok etgan har bir inson mazkur xayrli ishga daxldor ekanini tushundilar va qalblarida ezgu ishga zo'r shijoat, muhabbat jo'sh urdi. Ma’lumot uchun, mazkur aksiya 14-iyun butunjahon donorlar kuniga qadar davom etadi. Bemor bolalar hayotini saqlab qolishga hissa qo‘shishni istagan 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan sog‘lom fuqarolar bemalol ishtirok etishlari mumkin. Barchangizni ushbu aksiyaga ishtirok etishga chorlab qolamiz!

"Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova axboroti

Universitet matbuot xizmati