TIQXMMI yangiliklari

img
08.02.2024

“Men donorman” mavzusida tadbir

2024 yil 7 fevralda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash instituti Milliy tadqiqot universitetining Talalabalar turar joyida “DONOR AKTSIYa”  bo’yicha yig’ilish o’tkazildi. Ushbu yig’ilishda oliy  toifali vrach Irina Aleksandrovna so’zga chiqib, Donor so’zi nima?

Donor so’zi lotinchadan tarjima qilganda «tuhfa qilmoq» degan ma’noni anglatadi. Chunki donor o’z qonini berish orqali jamiyatdoshining hayotini saqlab qolishi, unga yangi hayot tuhfa qilishi mumkin. Qon donorligi uchun esa har doim talab va taklif mavjud. Qon donorligi amaliyotining bir qancha tibbiy, huquqiy va diniy tomonlari mavjud.

2002 yil 19 sentyabrda “ Qon  va uning tarkibiy qismlari donorligi”to’g’risida o’zbekiston respublikasining qonuni qabul qilingan edi.

Ushbu Qonunning maqsadi qon va uning tarkibiy qismlari donorligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Donor bo’lishga rozilik bildirgan shaxs tibbiy ko’rikdan o’tish paytida o’zi bilgan ilgarigi va hozirgi kasalliklari to’g’risidagi ma’lumotlarni ma’lum qilishi shartligi aytib o’tilgan.

Kimlar donor bo’la oladi?degan savolga shunday javob berdi.

18 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan, og’irligi 50 kilogrammdan yuqori, o’zini sog’lom deb bilgan, irqi, kasbi, jinsidan qat’i nazar har bir inson qon va uning komponentlari uchun donor bo’la olishini ,donorlik amaliyotini bajarishdan avval qon beruvchi o’z salomatligini muhofazalash hamda topshiriladigan  qon sifatini yaxshilash maqsadida bir necha jihatlarga diqqat qaratishi lozimligi, muntazam ravishda to’laqonli ovqatlanish, kun davomida ko’proq suyuqliklar iste’mol qilish muhimligi,  amaliyotdan 2-3 soat oldin yog’li, achchiq taomlar istemol qilmasligi , yog’li ovqatlar qonning sifatiga ta’sir qilashi va uning davo samarasini kamaytirishi,  och qoringa qon topshirish mumkin emasligi donor ertalab yengil nonushta qilib kelishi lozim bo’lishini gapirib o’tdi.

Kimlar donor bo’la olmaydi? Degan savolga qo’yidagicha javob berildi:

Qon donori bo’lishga to’sqinlik qiluvchi doimiy va vaqtinchalik omillar mavjud.

OITS, OIV, zahm, virusli gepatitlar, sil, qon kasalliklari, miopiya (uzoqni ko’ra olmaslik, ko’rish darajasi minus 6dan past bo’lsa), yurak, o’pka, jigar va buyrak yetishmovchiligini boshdan kechirgan shaxslar kasallik qachon va qay darajada kechgani hamda davo muolajalarining natijasidan qat’i nazar donor bo’la olmasligini ham ta’kidlab o’tdi.

SHundan so’ng talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarini berishdi va ijobiy javoblar olishdi.

Ushbu yig’ilishda Xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahat kengashi a’zolari, Talabalar turar joyi direktori, pedagog tarbiyachilar , tyutorlar va talabalar faol qatnashdilar.

Universitet matbuot xizmati