TIQXMMI yangiliklari

img
20.10.2023

Mehmonnavozlik tilsimi

Joriy yilning 19 oktabr kuni «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti «Gidrotexnika qurilishi» fakulteti xotin-qizlar bo’yicha dekan maslahatchisi, fakulteti tyutorlari, tarbiyachi-pedagok va talaba qizlari tomonidan 1-talabalar turar joyida "Mehmondo'st xalq farzandimiz" shiori ostida tadbir o'tkazildi.

Tadbirda qizlarimiz tomonidan qovoq somsa, tuxum barak, juveri kurtik kabi yurtimizning turli viloyatlarining tansiq taomlaridan tayyorlanib bir dasturxon atrofida jam bo'lishdi. Ushbu tadbirni o'tkazishdan maqsad talaba qizlar orasida do'stlikni mustahkamlashdir.

GTQ fakulteti tyutori D.Xursandova axboroti

Universitet matbuot xizmati