TIQXMMI yangiliklari

img
24.10.2023

“MDH uchun 100 g’oya” tanlovida HETA loyihasi g'olib deb topildi

             “TIQXMMI“ Milliy tadqiqot universitetining “Traktorlar va avtomobillar” kafedrasi stajyor-o’qituvchilari Turdiyev Akbarali va Qodirov Sayfullo Belorusiyaning Minsk shahrida bo’lib o’tgan “MDH uchun 100 g’oya” tanlovida ishtirok etishdi! Tanlovning final bosqichida 12 davlatdan 100 dan ortiq ishtirokchilar o'zlarining innovatsion loyihalarini taqdimot qildilar.

 

            "MDH uchun 100 g'oya" tanlovi har yili MDH ning turli mamlakatlarida o'tkazilib kelinmoqda. Tanlovda 200 dan ortiq ishtirokchilar qatnashib, 8 ta nominatsiya bo'yicha taqdirlanadi! Mazkur tanlovda Universitetimiz hodimlari faol ishtirok etishib HETA loyihasi bilan “ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARI VA SANOAT INFRATUZILMASI” nominatsiyasi bo'yicha g'olib deb topildi.