TIQXMMI yangiliklari

img
16.10.2023

Mazmundor mahorat darsi

Sirdaryo viloyatidagi Guliston davlat universiteti Ishlab chiqarish texnologiyalarining majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi doirasida “Zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalaridan foydalanishda innovatsion  yondashuv va uning ahamiyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

  

Mazkur tadbir doirasida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jalik texnikasi va texnologiyalari” kafedrasi professorlari M.Shoumarova va T.Abdillayevlar Guliston davlat universitetida faoliyat yuritayotgan Ishlab chiqarish texnologiyalari institutining “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish”, “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyalari” ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bakalavriyat va magistratura talabalari hamda professor-o‘qituvchilarga mahorat darsi mashg‘lotlarini o‘tib, o'z tajribalarini o‘rgatishdi.

Magistrant Alisher Baxromov axboroti
Universitet matbuot xizmati