TIQXMMI yangiliklari

img
08.05.2024

 Maxsus stipendiyaning fakultet bosqichi

"Yer resurslari va kadastr" fakultetimizning faol iqtidorli, ijodkor talabalari “Аbdulla Oripov” nomidagi maxsus stipendiyasiga oʼz nomzodini qoʼyishdi. Bugun ishchi guruh tuzilib nomzodlarni taqdimoti tinglandi. Dastaval, “Аbdulla Oripov” maxsus stipendiyasi toʼgʼrisidagi Nizom va talablari to'g'risida ma'lumot berib o'tildi. “Аbdulla Oripov” nomidagi maxsus stipendiyasiga nomzodlar ijodiy ishlarini va hujjatlarini oʼrganuvchi ishchi guruh fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan oʼrinbosari soʼzga chiqib, tanlovga fakultet talabalaridan kelib tushgan murojaat ish hujjatlari va talabgorlarni ishchi guruhga tanishtirdi. Soʼz navbatini ishchi guruh raisi Z.Xafizova soʼzga chiqib, talabalarning taqdimotlariga ruxsat berdi.

Nomzodlar 3-kurs, 201-guruh talabasi Samatova Gulbonuning Аbdulla Oripov stipendiyasiga nomzod sifatida oʼz taqdimotini olib borib, shoir ijodi va hayot yoʼli shoirning ijod namunalarida ilhomlanganligi, oʼzining ijod yoʼlida katta oʼrin tutishi borasida taqdimot qildi. Keyingi nomzod 2-kurs, 208-guruh talabasi Xolmirzayeva Shoiraning Аbdulla Oripov stipendiyasiga nomzod sifatida oʼz taqdimotini amalga oshirdi.  Soʼngi nomzodimiz 2-kurs, 4-guruh talabasi Akmamatova Gulshodaning Аbdulla Oripov stipendiyasiga nomzod sifatida oʼz taqdimotini amalga oshirdi. Nomzodlar oʼzining ilmiy va ijodiy ishlarini namoyish etdi. Oʼz ijod namunalaridan oʼqib berdi.

Аbdulla Oripov nomidagi stipendiya talabgorlar oʼzlarning ijodiy ishlariga baho berib, shoirning  shuningdek, Аbdulla Oripov ijodini ommalashtirish, targʼib qilish borasida keyingi ijodiy ishlarida taklif va mulohazalarini ishlab chiqish boʼyicha oʼz tavsiyalarini berib oʼtdi. Biz esa barcha talabalarimizga keyingi bosqinchga omadlar tilaymiz.

"Yer resurslari va kadastr" ning Yoshlar bilan ishlash buyicha dekan muovini H.Eshova axboroti

Unversitet  matbuot rahbari