TIQXMMI yangiliklari

img
10.02.2024

Ma'rifat maskaniga tashrif

2024-yil 9-fevral kuni “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti dekani Q. Shavazov Alisher Navoiyning 583 yillik tavalludini yuqori saviyada fakultet talabalari bilan o‘tkazdi. Bunda Hazrat Alisher Navoiyning boy ilmiy-ma’naviy merosi har bir davr avlodlarini tarbiyalashga, shuningdek, o‘zbek adabiyoti rivojiga xizmat qilib kelayotganligi, asrlar o‘tsada, buyuk ajdodimizning bebaho asarlari o‘z qiymatini yo‘qotmasdan qolganligini ta’kidlab o‘tdilar.

Yurtimizda Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Tadbirda Alisher Navoiyning boy merosi, asarlari, ularda ifoda etilgan mavzular ko‘lami haqida keng ma’lumotlar berildi. Qayd etilganidek, Navoiy yozgan she’rlarining miqdoriga ko‘ra peshqadam bo‘lgan. U o‘z she’riyati orqali o‘zbek adabiyotini yangi darajaga olib chiqdi. Navoiyning nazmi mavzusining kengligi hamda janrining xilma-xilligi bo‘yicha undan oldingi o‘zbek adabiyotini ortda qoldirishi alohida e’tirof etildi. Navoiy nazmda dostonlardagi kabi dunyoviy va diniy, so‘fiylikning dolzarb masalalarini ifoda qilganligini talabalarga uqtirdilar.

Shundan so‘ng fakultetning faol talabalari ham A.Navoiyning she’r va g‘azallari bilan o‘z mahoratlarini ko‘rsatdilar.

 

Universitet matbuot xizmati

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Tyutori J.Sadullayev axboroti

Universitet matbuot xizmati