TIQXMMI yangiliklari

img
11.05.2024

Mardona va o'zbekona she'riyat

Joriy yilning 10- may kuni "Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova 3- TTJ da fakultet talaba qizlari ishtirokida "Zulfiya - tong kuychisi" mavzusida she'riyat kechasi o'tkazdilar.

Hayot kitobimni bexos varaqlab, 

Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim. 

Tabassum o‘rnida kuldim charaqlab. 

Suyish kerak bo‘lsa - telbacha suydim.

Ra'no Kodirova kechani Zulfiyaxonimni Men otgan umrga...she'ri bilan boshlab, Zulfiyaxonim hayoti va ijodi haqida to'liq ma'lumot berdi va talaba qizlarni she'riyat gulshaniga chorladi, talaba qizlarimiz ham she'riyat kechada yaxshi kayfiyat bilan galma- galda Zulfiyaxonimning “Tong qoʻshigʻi”, “Hulkar”, “Men tongni kuylayman”,  “Dugonalar bilan suhbat”  "Bahor keldi seni so'roqlab"

“Yuragimga yaqin kishilar" “Gullarim” ,  “Lolaqizgʻaldoq”  kabi  she'rlaridan o'qidilar. She'riyat kechasi uzoq qizg'in davom etib, sermazmun, quvnoq, go'zal o'tdi

"Iqtisodiyot" fakulteti xotin- qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova axboroti

Universitet matbuot xizmati