TIQXMMI yangiliklari

img
21.05.2024

Maqolaga bo'lgan talablar haqida

20-may kuni "Ekologiya va huquq" fakulteti, "O'qitish nazariyasi va metodikasi" kafedrasi tomonidan QS World University reytingida 355-o'rinni egallagan L.N.Gumilyov nomidagi Evrazia Milliy Universiteti professorlari tomonidan "TIQXMMI"MTU professor-o'qituvchilari va doktorantlariga "Scopus bazalariga kirgan jurnallarga maqolalar tayorlash" mavzusida seminar uyushtirildi.

Seminar davomida Scopus bazasidagi jurnallarda 36 maqola muallifi ENU professori, filologiya fanlari doktori Zharkynbekova Sholpan Kuzarovna maqolalarga bo'lgan talablar, Scopus bazasida indeksatsiyalanadigan jurnallarni tanlash va topshirish bo'yicha tajribalari bilan o'rtoqlashdi.

                                 Universitet matbuot xizmati