TIQXMMI yangiliklari

img
10.02.2024

Mangulik muhri va mehrini qozongan mutafakkir

            El-yurtini sevgan, uning taraqqiyoti va farovonligi uchun sidqidildan xizmat qilgan farzandlarni tarix ham siylaydi. Xalqimizning tinch, to‘kin va barqaror hayoti, yorug‘ kelajagi yo‘lida kurashgan insonlar nomi haqli ravishda abadiyatga daxldordir. Bugun “Gidromelioratsiya” fakulteti professor-o‘qituvchilar va talabalar jamoasi  "Adiblar xiyoboni"da o‘zbek xalqining buyuk adibi Abdulla Oripov siymosi aks etgan haykal qoshida jam bo‘lishdi.

          Tadbirda fakultet dekan o‘rinbosarari professor-o‘qituvchilar, tyutorlar  va faol talabalar hamda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi shoira Farog‘at Xudoyqulova ishtirokida adabiy, ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati o‘tkazildi. O‘zbekiston qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Davlat madhiyasi matnining muallifi, o‘zbek she'riyatida yangi poetik tafakkurning qaror topishi yo‘lida ijod qilgan shoir Abdulla Oripov ijodiy va hayotiy faoliyatini yana bir bor yod etishdi.

 Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.Ro‘zibayev axboroti

Universitet matbuot xizmati