TIQXMMI yangiliklari

img
19.11.2023

Mangu hilpirayver, vatan bayrog'i!

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy  tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova tomonidan  talaba yoshlar ongu shuuriga Vatanimiz ramzlariga nisbatan chuqur hurmat tuyg'ularini singdirish, umummilliy va ehtirom timsollari bo'lgan bayroq, gerb va madhiyamizni ulug'lash va ardoqlash barchamizning muqaddas burchimiz ekanini chuqurroq singdirish maqsadida  “Iqtisod”, “Er resurslari va kadastr”, “Gidrotexnika qurilishi”, “Gidromelioratsiya” , “Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash” fakultetlari Xor jamoasi a'zolari ishtirokida “Vatanimiz bayrog'i –faxrimiz, g'ururimiz !” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Bugun mana shu g'ururimiz ramzi bo'lgan bayrog'imiz qabul qilinganining 32 yilligi mustaqil diyorimizda keng miqyosda nishonlanmoqda.

Har bir millatning o'z dini, e'tiqodi  va davlat ramzlari mavjud. Ular shu yurtning madaniyati, turmush-tarzi, tarixi va kelajagini aks ettiradi. Dunyoda minglab davlatlar va ularning minglab bayroqlari bor. Ammo, O'zbekiston degan jannatmakon o'lka, uning serquyosh osmoni, oltin zamini, bag'rikeng  xalqi va ozodligi ramzi bo'lgan muqaddas bayrog'i yagona ekani haqida tadbirda so'z bordi. Tadbir davomida milliy g'ururimizni ulug'lovchi kuy va qo'shiqlar ishtirokchilarimiz tomonidan ijro etilgani davra fayziga fayz kiritdi. O'tkazilgan tadbirdan barcha talabalarning kayfiyatlari ko'tarildi. 

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

TIQXMMI MTU matbuot xizmati