TIQXMMI yangiliklari

img
11.01.2023

Manfaatli seminar davom etmoqda

Joriy yilning 11-yanvar sanasida "Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot Universitetida faoliyat yuritayotgan tyutorlar, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosarlari hamda talabalar turar joyi tarbiyachilari uchun tashkil etilgan seminarning navbatdagi mavzusi "Ta'limda kredit tizimi". "Hemis" axborot tizimi rahbari F. Shavkarov kredit-modul tizimi haqida batafsil tushunchalar berdi.

       Tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi. Z.Haydarov, B.Abdullayev, M.Vafoyeva, O.Abdullayevalar faol ishtirok etishdi. Seminardan asosiy maqsad kredit tizimining mohiyatini chuqur tushunib, talabalarga ham bu haqida yetkazib bera olishdan iboratdir.

      Tyutor Zilola Nuraliyeva axboroti

Universitet matbuot xizmati