TIQXMMI yangiliklari

img
14.09.2023

Maʼnaviy-maʼrifiy targ’ibotning ta’sirchan kuchi

Mamlakatimizda maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya, jamiyatimiz, ayniqsa, yoshlarimizning maʼnaviy yuksalishi masalasi, davlatimizning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Bugun Isteʼdodli yoshlarni qoʼllab-quvatlash “Ulugʼbek” jamgʼarmasi raisi Oqil Umurzakovich Salimov tashabbusi bilan  jamgʼarmaning maʼruzalar zalida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, Аkademik Аbduraxmonov Ibroxim Yulchievichning "Oliy taʼlim muassasalarida maʼnaviy-tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning sifatli taʼlimga taʼsiri" mavzusidagi maʼruzasi tinglandi.

Ushbu chiqish barcha ma’naviy-ma’rifiy tarbiya sohasidagi barcha mutaxassislarga dasturul amal boʼldi, desak, xato bo’lmas. Unda barcha Oliy taʼlim muassasalari jumladan? Oʼzbekiston Milliy universiteti, Oʼzbekiston davlat sanat va madaniyat instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Oʼzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti jamoasi Oliy taʼlim muassasalari rektorlari, Yoshlar masalalalri va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha birinchi prorektorlar, fakultetlar dekanlari va dekan muovinlari ishtirok etishdi. Bugungi kunda Oliy taʼlim muassasalarda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.

    

Binobarin, bugungi kunda dunyoda globallashuv jarayonlari kuchayib, tinchlik va barqarorlikka qarshi yangi tahdid va xatarlar tobora kupayib borayotganidan ko’z yumib bo’lmaydi. Bunday murakkab va tahlikali vaziyatda sohada amalga oshirilayotgan ishlarni tanqidiy baholab, uning faoliyatini zamon talablari asosida takomillashtirishni taqozo etmoqda. Xususan, oila, mahalla va taʼlim muassasalarida yoshlar tarbiyasi, chekka hududlar va mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan maqsadli g’oyaviy-tarbiyaviy ishlarning yuzaki tarzda olib borilayotgani, jinoyatchilik, diniy-ekstremizm va terroristik harakatlarga adashib qo’shilib qolish, milliy qadriyatlarga eʼtiborsizlik, erta turmush qurish, oilaviy ajralishlar kabi salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan targʼibot ishlarining aksariyat hollarda kutilgan natija bermayotgani bu masalalarga jiddiy eʼtiborni talab etmoqda.

 

Darhaqiqat, tarbiya haqida Shayx Saʼdiy oʼzining «Guliston» asarida shunday deb yozgan edi: «Kimda - kim yoshlikdan tarbiya olmasa, katta boʼlgach, baxtli boʼla olmaydi. Hoʼl novdani istagancha bukish mumkin, quruq novdani faqat olovda toblab toʼgʼrilash mumkin». Tarbiya haqidagi bu gʼoya avlod-ajdodlarimizdan bizga yetib kelgan buyuk meros boʼlib, u komil insonni voyaga yetkazishda muhimdir.

 

Oʼzbekistonning mustaqillikka erishuvi yosh avlodni milliy-maʼnaviy ruhda tarbiyalashda imkon yaratdi. Bugungi oʼtkazilgan yigʼilishda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Аbduraxmonov Ibroxim Yulchievichning "Oliy taʼlim muassasalarida maʼnaviy-tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning sifatli taʼlimga taʼsiri" mavzusidagi maʼruzasida barcha ishtirokchilar oʼzlariga kerakli maʼlumotlarni oldilar va yigʼilganlarni qiziqtirgan savollari hamda takliflari bilan muhtaram vazirimiz bilan oʼrtoqlashdilar. Kreativlik bo’yicha 135 ta mamlakatning ichida 102 – o’rinda borayotganimiz afsuslanarlidir. Vazirning ushbu mulohazalari iqtibos, aforizm o’rnida katta ahamiyat kasb etdi deyish mumkin.

Kreativlik, ijodkorlik, avvalo madaniyatdan, ma’naviyatdan boshlanadi. Portallarni yangicha usulda yaratishimiz kerak. Unda ta’lim, tarbiyaga da’vat, taraqqiyotga xitob bo’lishi kerak. Har kimning tugilib o’sgan joyi, oilasi aslida kichik akademiya bo’lishi kerak. Genetika bu genni o’rganadi. Genida qobiliyat va iste’dod shakllanadi. Innovatsiya ilm bilan bog’lanishi kerak.

YRK fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H.Eshova axboroti

Unversitet  matbuot xizmati