TIQXMMI yangiliklari

img
18.04.2023

Malakali ustozlar sabog'i

"TIQXMMI" MT Universiteti O'qitish nazariyasi va metodikasi kafedrasi talabalari  International house Akademik Litseyi, TIQXMMI MTU huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabi, 18 – umumta’lim maktabi va 90 – umum ta’lim maktabilarida malakaviy amaliyot o'tashmoqda. Amaliyot   o'tash jarayoniya talabalar o'zlariga kerakli intensiv o'qitish metodikalarini va konpetensiyalarini o'rganishmoqda.

Bunda ular amaliyotning birinchi bosqichida faqatgina malakali ustozlarning dars jarayonlarini kuzatish va ular o'tgan dasrlar jarayonidan o'zlariga kerakli metodik qo'llanmalar yaratish shuningdek, ularga qo'shimcha fikr va mulohazalarni yozib olishmoqda. Prezidentimizning yoshlarga berayotgan ulkan e'tiborlari va xalqimiz orasida o'qituvchilarning obro'yi va salohiyatini yanada oshirish hamda shu jarayonlarning keng ko'lamli salohiyatini oshirish maqsadida yaratilayotgan imkoniyatlarning o'zidan ham ko'rinib turibdiki, Bugun biz yosh kadrlarni mustahkam va bilimli qilib tarbiyalasak bizning kelajakdagi "Ustoz shogird" an'analarimiz yanada gurkirab rivoj topadi degan umiddamiz. Malakaviy amaliyotning asosiy mohiyati ham aynan mana shunda.

Universitet "Filologiya va tillarni o'qitish" kafedrasi axboroti